Aguero — "Barselona" uchun yaxshi yurish. Jamoa boshqaruviga Laportaning kelishi bunda muhim omil. Birinchidan, Aguero "Barselona" uchun otning kallasidek pulga tushmadi. Aguero kataloniyaliklar safida "Siti"dagidan kamida uch marta kamroq maosh oladi, bu ham klubning yaqin ikki yillikdagi moliyaviy holatiga katta yordam beradi. Uchinchidan, Agueroning kelishi, har asabi buzilganda biror narsa bilan ovunishi shart bo'lgan Messi uchun ham ahamiyatli. Shuningdek, bu boy berilgan Suares o'rni uchun kompensatsiya hamdir. Boshqaruv muhim ahamiyatga ega. Laporta kamroq chiqim bilan ko'proq yutishga intiladi. Uning prezidentga aylanishiga Gvardiola befarq qarab turmaydi. Chunki Laporta klub akademiyasi jahon cho'qqisiga chiqishida katta mehnat qilgan. Pepning kayfiyati, Messining bor ekani kabi masalalar Agueroni puldan ko'ra qadrliroq narsalar haqida bosh qotirishiga olib kelishi tushunarli. Nima demoqchiman, kamida yana 3-4 yil davomida "Barselona" Messi, Gvardiola, Xavi kabi yulduzlar kayfiyati bilan hisoblashishi shart. Ularning ayrimlari bugun "Barsa" bilan emasligi hech narsani anglatmaydi, chunki klub fitratidan ularni shunchaki o'chirib tashlashning imkoni yo'q. Aguero Manchester jamoasida tarix yozdi, nafaqat klub, balki APL rekordlarini yangilab tashladi, juda katta daromad qildi, u ko'p narsaga erishdi, TOP maqomini doim o'zi bilan olib yurdi. Ketar chog'ida klubning eng oddiy ishchisiga qadar qimmat soatlar sovg'a qildi, omadlilar mashinalik bo'ldi, bonusiga ishchilar pul ishlab oldi. Aguero nafaqat erishgan natijalari, balki xulqi bilan ham "Siti"da o'zi uchun haykal qo'yib ketdi. Uning endigi vazifasi Argentinaning tarixiy futbolchisiga mushkul soatlarida yordamlashish. Shu joyiga do'st bo'lsang yonimda tur taronasi, xullas.Diyor Imomxo'jaev.
3-Iyun 2021,11:30