"Barselona" ish haqi miqdorini kamaytirish uchun ko'plab futbolchilarni transfer qilmoqchi, deb xabar berdi Diario Sport.Manbaga ko'ra, "Vulverxempton" Kataloniya klubining yarim himoyachilari Karles Alenya va Frantsisko Trinkauga qiziqish bildirmoqda. Alenyaga, shuningdek, "Valensiya", "Granada" va "Xetafe" ham qiziqyapti.Hujumchi Martin Breytueyt "Barselona"da qolmoqchi, ammo Kataloniya klubi uni sotmoqchi.
Forvard borasida yakuniy qaror Evro-2020dan so'ng qabul qilinadi.Himoyachi Junior Firpo "Inter" va "Milan"ga qiziqish bildirmoqda, ammo italiyaliklarning takliflari "Barselona"ga mos kelmayapti, shuning uchun u ingliz klublaridan biriga sotilishi mumkin.Yarim himoyachi Miralem Pyanich sobiq jamoasi "Yuventus"ga qaytishga tayyor.Shuningdek, "Barselona" yarim himoyachilar Filippe Koutino va Mateus Fernandes hamda himoyachi Samuel Yumtitidan qutulmoqchi.
9-Iyun 2021,16:00