«Al Sadd» bosh murabbiyi va «Barselona» sobiq futbolchisi Xavi Ernandes Kataloniya klubidagi kelajagi haqida savolga javob berdi.
«Bu lahza qachon kelishini bilmayman. Men har qanday takliflarni tinglashga tayyorman, ammo so'nggi qarorga shoshilmayman. Bu erdagi ikki yillik murabbiylik faoliyatimda ham Laporta bilan juda yaxshi munosabatda bo'lganman.
Ular Kuman bilan ishlashni davom ettirishga qaror qilishdi va men unga eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman. Bu ularning qarori va men uni hurmat qilaman.
O'ylaymanki, u klub uchun hammadan yaxshiroq bo'lishga harakat qiladi. Men doim "Barsa"ning ishlaridan xabardor bo'lib kelganman va joriy tizimdan juda ham mamnunman. Ammo so'nggi uch-to'rt oy ichida men "Barselona" dan hech kim bilan bog'lanmadim» - deydi Xavi.
Eslatib o'tamiz, bir oy oldin Xavi «Al Sadd» bilan shartnomani uzaytirgandi.
10-Iyun 2021,17:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0