Marca nashrining ta'kidlashicha, frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Klub rahbariyati 30 yoshli hujumchini saqlab qolish haqida o'ylamayapti.
"Barselona"da koronavirus pandemiyasi sababli moliyaviy muammolar mavjud. Grizmanni sotish nafaqat byudjetni to'ldirishga, balki "ko'k-anorrranglilar" uchun ish haqini tushirishga ham yordam beradi.
Xabar qilinishicha, kataloniyaliklar Grizmanni transferga qo'yib bo'lishgan. Biroq, uning ketishi bilan hamma narsa silliq kechishi mumkin emas, chunki uning transfer narxi 120 million evroga baholangan. Shuning uchun, klub qaysidir futbolchi bilan almashish taklifiga ham rozi. Ammo, hozircha futbolchi uchun jiddiy taklif kelib tushmagan.
2019 yilda "Barselona" bilan shartnoma imzolagan Grizmann yakunlangan La Liga chempionptida 36 uchrashuv o'tkazdi, 13 gol urdi (bittasi penaltidan), etti golga uzatma berdi.
28-Iyun 2021,12:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0