
"Barselona" Ispaniya futbol federatsiyasidan yarim himoyachi Pedrini Olimpiya o'yinlari uchun terma jamoaga chaqirmaslikni so'raydi, deb xabar beradi Cadena Ser.
O'tgan mavsumda Pedri "Barselona" tarkibida barcha musobaqalarda 52 o'yin o'tkazgan va endi esa Evropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi tarkibida o'ynamoqda. Futbolchi Olimpiyadaga yo'l oladigan bo'lsa, unda Pedrida ortiqcha toliqish holati kuzatilishi mumkin deb hisoblanmoqda.
Fikrlar 0