«Barcelona» va yarim himoyachi Ilaysh Moriba 2022 yil yozida tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida hali bir to'xtamga kelisha olmagan.
"Marca" xabariga ko'ra, futbolchi nihoyatda xafa bo'lgan, chunki kataloniyaliklar unga xohlaganidan ancha kam pul taklif qilishgan, ammo shu bilan birga boshqa u kabi futbolchilarga ham shunday maosh taklif qilingan.
18 yoshli futbolchiga hali boshqa takliflar kelmagan va shu sababli, «Barsa» forvard Lionel Messi bilan shartnoma imzolash va boshqa kelishuvlar uchun uni sotmoqchi deb taxmin qilmoqda.
Qayd etilishicha, Moriba «blaugrana»da qolishni xohlaydi, ammo unga taqdim etilgan shartlar asosida emas. Kataloniya klubi u bilan kelisha olmasa u kelasi mavsum tekinga ketishga tayyor.
O'tgan mavsumda klub tarbiyalanuvchisi La Ligada 14 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol hamda 3 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
10-Iyul 2021,00:00