PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar sobiq jamoadoshi Lionel Messini Amerika kubogini yutgani bilan tabrikladi.
Eslatib o'tamiz, finaldan keyin braziliyalik va argentinalik quchoqlashib suhbatlashdi.
«Yo'qotish menga azob beradi. Hali ham bunga chiday olmayapman. Mag'lubiyatdan so'ng men tarixda ko'rgan eng buyuk futbolchi - do'stim va akam Messini quchoqlash uchun bordim.
Men xafa edim va unga: "Jin ursin, sen meni mag'lub etding", dedim. Mag'lub bo'ldim, lekin bu yigit ajoyib! Men uni futbol uchun qilgan ishlarini va ayniqsa menga qilgan yaxshiliklari uchun juda hurmat qilaman.
Men yutqazishni yomon ko'raman, ammo siz kubokdan zavqlaning! Futbol ushbu lahzani kutgan edi. Tabriklayman, aka ”, - deb yozdi Neymar o'z Instagram sahifasida.
11-Iyul 2021,22:50