Lionel Messi «PSJ»ning kuchli qiziqishlariga qaramay, «Kamp Nou»da qolishi mumkin. 34 yoshli superyulduz 30 iyun kuni klubi bilan rasman shartnomasi yakunlangan edi. Shundan so'ng, katalon klubi argentinalikni olib qolishi so'roq ostida qolgan.
Messi Kopa Amerikada qatnashayotgan paytda «Barsa» bilan muzokaralari davom etayotgan edi. Biroq hozirga qadar aytarli hech narsa o'zgarmadi, bir to'xtamga kelinmadi. Transfer yangiliklarini ulashib boruvchi, jurnalist — Fabriziyo Romano «PSJ» Messi uchun ohirigacha kurashishini ta'kidladi. Biroq katalon klubi Messini osonlikcha qo'yib yubormasligi aniq. Buni klub prezidenti Xuan Laporta Messining shartnomasini yangilashga yaqin turganini aytganidan ham bilib olish mumkin. U bir necha kun ilgari ispan telekanali orqali «Marca» nashriga bergan itervyusida «Messining shartnomasi bilan bog'liq jarayon ijobiy kechmoqda», – degandi.
Messi «Marakana»da Braziliyani tor-mor keltirib, Amerika Kubogini qo'lga kiritdi. Bu uning faoliyatidagi ilk marotaba terma jamoa bilan yirik sovringa ega chiqishi. Ayni damda u o'z rafiqasi Antonella Rokuzzo bilan ta'tilda dam olmoqda. To'g'ri, finalda golni Di Maria kiritdi ammo Messi turnir davomida to'rtta gol va etti o'yinda beshta golli pas bilan mahsuldorlik borasida o'z termasida mutlaq etakchi bo'ldi. Argentina termasi murabbiyi Leonel Skaloni Messi 151 marotaba termasi bilan maydonga tushgani va jarohati bilan o'ynaganini aytib o'tdi. U itervyusida shunday deydi: «Agar siz Messini Kopa Amerikada ko'rsatgan matonatini va intilishini his qilganingizda edi, uni yanada ko'proq yaxshi ko'rib, hurmat qilgan bo'lardingiz. Biz hatto u yuqori sport formasida bo'lmasa ham Messi kabi o'yinchisiz chempionlikka erish olmasdik».
Messining o'z jonajon klubida qolish etimoli yuqori. Buni o'zi ham istayotganini yashirmaydi. Biroq ichki muhit va rahbariyat boshqaruvi, u istaganday bo'lishi kerak.Avvalroq AQShning «Inter Mayami» klubi Messi bilan katta mablag' evaziga ikki yillik shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi
14-Iyul 2021,13:50