«Real Sosedad» darvozaboni Aleks Remiroga «Barselona» qiziqish bildirmoqda. «Sport» nashrining xabar berishicha, «Barsa» Neto ketmoqchi bo'lganidan keyin darvozabon pozitsiyasini kuchaytirishni maqsad qilgan. «Ko'k-anorranglilar» rahbariyati Mark-Andre ter Shtegenga o'rinbosar sifatida Inyaki Penyuni ko'rmoqda. Ammo klub «Sosedad»ning 26 yoshli darvozaboni Remiro bilan ham qiziqmoqda. Uning amaldagi klubi bilan shartnomasi 2023-yilda tugaydi. «Barselona» mazkur transferga shoshilmayapti va kelishuvni keyingi yozga qoldirishi ham mumkin.
Remiro «Real Sosedad»ga «Atletik»dan erkin agent sifatida qo'shilgan. Kataloniyaliklar darvozabonning yoshi va epchilligiga qoyil qolishgan, ammo Ter Shtegen jamoaning birinchi darvozaboni bo'lib qolishi aniq.
15-Iyul 2021,22:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0