«Barselona» klubi yarim himoyachi Miralem Pyanich keyingi mavsum A Seriyada to'p tepishi mumkin. Buni futbolchining o'zi xohlamoqda. Ammo, Miralemning yuqori maoshi tufayli biror bir klub aniq taklif bilan murojaat qilmayapti.
«Ko'k-anorranglilar» yaqinda 31 yoshli futbolchining ketishini tezlashtirish maqsadida unga shart qo'ydi. Ya'ni hozirda olyayotgan maoshini biroz pasaytirish kerak.
«Barsa» bosniyalikni ijaraga olish uchun uchta taklif oldi: «Yuventus», «Inter» va «Roma». Bu haqida «Diario Sport» nashri xabar tarqatmoqda.
Ammo ushbu klublardan biriga o'tish uchun futbolchi ayni paytda kataloniyaliklar tarkibida olayotgan maoshini qisqartirishi kerak. Futbolchi hozirda ushbu taklifni o'ylab ko'rmoqda. «Barselona» bu masalani kelasi haftadan kechiktirmasdan hal qilishga umid qilmoqda.
16-Iyul 2021,17:10