"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moriba rahbariyat uni asosiy tarkib bilan birga yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishdan mahrum qilganidan norozi bo'lmoqda. "Manchester City News" tarqatgan xabarga ko'ra, "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari 18 yoshli futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqib, u bilan shartnoma imzolamoqchi ekanliklarini ma'lum qilishdi."Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga futbolchining o'yini ma'qul kelgan. Shu bois, "Siti" Moribaga naq 6 million evro maosh berishga tayyor.Eslatib o'tamiz, futbolchi "Barsa" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani uchun jamoa uni yangi mavsumga tayyorgarlik ko'radigan futbolchilar safiga kiritmadi. Moriba La liganing o'tgan mavsumida 14ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 2ta golga uzatma berdi.
22-Iyul 2021,23:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0