"Barselona" klub maoshlarni qisqartirish uchun bir qator futbolchilarini sotuvga qo'ydi.
Miralem Pyanich va Samyuel Umtitiga kabi futbolchilarga klub ishonmayapti, ammo ikki futbolchi ham o'z klubini o'zgartirish niyatida emas. Shuningdek, Grizmann boshqa klubga o'tgan taqdirda ham maoshi pasayishini xohlamayapti, biroq unga bunday katta maosh to'laydigan jamoa yo'q.
«Barselona»dan ketishi mumkin bo'lgan yana ikkita futbolchi - Filippe Koutino (maosh - yiliga 24 million evro) va Netu.(yiliga 6,5 million evro) Shunday bo'lsada, "ko'k-anorranglilar" braziliyalik yarim himoyachini sotishi qiyin, chunki klub uning transferidan arzirli pul ishlab olmoqchi. Netuni ketishini esa Ronald Kuman xohlamayapti. Sababi, murabbiy uni Ter Shtegen jarohat olgan taqdirda, zaxira varianti deb hisoblaydi.
23-Iyul 2021,18:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0