Messining «Barselona»ni tark etishi haqida hatto rasmiy xabar ham chiqib ulgurgan bo'lsa-da, shoshilmay turinglar, futbolchi baribir "Barselona"da qolishi mumkinligini nazardan qochirmagan bo'lardim.Aslida, Messining klub bilan shartnomasi bir oy oldin tugagan va u allaqachon «Barselona» o'yinchisi emas. Yangi shartnoma tuzilishiga esa, klubning iqtisodiy ahvoli imkon bermayotgandi. Buning ustiga Superliga mashmashasi tufayli, klub bilan ters bo'lib qolgan La Liga «feyr pley» talablarini ro'kach qilib, bosim o'tkazayotgandi. Bu rasmiy xabar, ya'ni «iqtisodiy vaziyat tufayli Messi bilan shartnoma imzolanmayotgani» qaysidir ma'noda klubning La Ligaga (yo Messining o'ziga) javobi bo'lishi mumkin. Bizni tinch qo'yinglar, aks holda, Liga bir javohiridan ayriladi, bu ham turnir prestijiga zarba, degan ma'noda. Nega bo'lmasin? Messi shunaqa o'yinchiki, o'tgan yoz "Barsa" prezidentini, bunisida La Liga rahbarini iste'foga chiqarishi mumkin... Axir Messining ketishi, uning qaergadir borishi degani, agar futbolchi o'ziga klub topganida, allaqachon isi chiqardi. Ya'ni, Messi bilan yangi shartnoma tuzilmayotgani va uning ketayotgani haqidagi xabar — ayni paytda xabardan boshqa narsa emasdek, nazarimda.Qahramon Aslanov.
6-Avgust 2021,07:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0