"Hayrli kun. Gapni nimadan boshlashni bilmayman. So'nggi bir necha kun davomida faqatgina shuni o'yladim. Bu holatdan xaligacha o'zimga kela olmayapman. Uzoq yo'ldan keyin bu haqida gapirish juda og'ir. Bunga tayyor emasman.
Faks orqali shartnomamni bekor qilishni istagan vaqtlarim esa ortda qoldi. O'shanda "Barselona"dan ketishni istamagandim. Biz bu erda qolishimizga amin edik. Bu er mening uyim va buni men barchadan ko'ra ko'proq istadim.
Bu erda men barchaning mehrini his qilib turgandim, bu erni men o'z uyim kabi yaxshi ko'raman. Barselonada hayotdan zavq oldim. Mo''jizakor onlar edi.
1,5 yildan oshiq vaqtdan beri muxlislarni ko'rmadim va shu tarzda klubdan ketyapman. Muxlislarga to'la "Kamp Nou"da xayrlashishni xohlagandim. Barchasi uchun rahmat", - dedi Messi.
8-Avgust 2021,15:45