"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Gamper kubogi doirasiagi "Yuventus"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan (3:0) keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz Depay bilan shartnoma imzoladik va bugun u mazkur biim qanchalik to'g'ri bo'lganinii isbotladi. Yarim himoyachilar ko'proq gol urishlari kerak, umuman olganda butun jamoa o'zining o'yinini ko'rsatishi kerak. Dunyoning eng yaxshi o'yinchisini [Messi] doimo sog'inib qolamiz, lekin siz buni qabul qilib, ishga kirishingiz kerak. O'tmish haqida o'ylashdan foyda yo'q, bizda umidli jamoa bor.
Bugun juda yaxshi natijaga erishdik va o'yin jihatidan ancha yuqori darajamizni ko'rsata oldik. Neto juda yaxshi o'yin ko'rsatdi va biz oldinga yana bir qadam tashladik.
Olimpiadada o'ynagan bolalar hali qaytmagan, lekin hamma yig'ilganda, biz bundan ham yaxshiroq o'ynaymiz. Biz mavsumning birinchi o'yiniga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun to'g'ri yo'ldamiz”, - deydi Kuman.
9-Avgust 2021,09:40
O'qildi: 56 - Fikirlar: 0