"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Gamper kubogi doirasidagi "Barselona"ga (0: 3) qarshi kechgan o'yin natijalarini sarhisob qildi.
"Jamoa yaxshi o'ynadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Biz hali ham ishlashimiz va eng yaxshi shaklimizni topishimiz kerak. Lekin nima bo'lganida ham bu o'yin bizga katta yordam berdi. Biz tayyorgarlik bo'yicha bizdan oldinda bo'lgan va ko'proq o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazgan jamoa bilan o'ynadik, lekin umuman olganda o'yindan mamnunman, chunki biz bir necha bor darvozaga zarba berishga muvaffaq bo'ldik.
Mavsum oldidan tayyorgarligimizni yakunlash uchun o'z uy stadionimizda "Atalanta"ga qarshi yana bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Chempionatni g'alaba bilan boshlash uchun 22 avgust kuni "Udineze"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish biz uchun muhim bo'ladi", - deya Allegrining so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
9-Avgust 2021,11:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0