«PSJ» bilan shartnoma imzolagan Messi yangi jamoasida 30-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi. U 2003 yilda "Barsa"dagi faoliyatini ushbu raqamda boshlagan edi. Frantsiya chempionati reglamentiga ko'ra, 30-raqam darvozabonlarga ajratilgan bo'lib, qoidada quyidagicha yozilgan:«Birinchi jamoada o'ynaydigan futbolchilar butun mavsumga raqam olishadi. Birinchi jamoa o'yinchilari 30tadan oshib ketmasligini kerak. Shu bois, futbolkada raqamlar 1dan 30gacha bo'lishi mumkin. 1, 16 va 30-raqamlar faqat darvozabonlar uchun ajratilgan. Nihoyatda zaruriyat tug'ilganda, darvozabon 40-raqamni olishi mumkin. Agar klub professional shartnoma orqali 30dan ortiq futbolchiga ega bo'lishga zarurat tug'ilganini asoslab bersa, maxsus komissiya raqamlar borasida istisno qilishi mumkin».Reglament tufayli Janluidji Donnarumma o'zining sevimli 99-raqamidan voz kechib, 50-raqamni olishga majbur bo'ldi (darvozabonlarga tegishli boshqa raqamlar band edi).Messi kelgunga qadar «PSJ»da 30-raqam 30 yoshli darvozabon Aleksandr Letelega tegishli bo'lib, u klub safida birorta ham rasmiy o'yinda ishtirok etmagan edi. U "Pari Sen-Jermen" tarbiyalanuvchisi bo'lsa-da, 2020 yilda «Orleana» (Liga 2) klubidan Parijga ko'chib o'tgan edi. U klubning Navas, Donnarumma va Serxio Rikodan keyingi to'rtinchi darvozaboni maqomida edi.
«PSJ» Frantsiya professional futbol ligasini Messi uchun istisno qilishga ko'ndirdi. Letele esa bunga qarshi bo'lmadi.
11-Avgust 2021,06:10