«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Kataloniya klubi yarimhimoyachisi Miralem Pyanich atrofida sodir bo'layotgan vaziyatga izoh berdi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi kataloniyaliklarning La Liga 1-turidan o'rin olgan «Real Sosedad»ga (4:2) qarshi o'yini uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilmagan edi.
«Bizda ayni dam 27 nafar o'yinchi bor va men ularning hammasini e'lon qila olmayman. Qolaversa, uning klubdagi mavqei haqida hamma biladi.
Men har doim bu klubning kelajagi bo'lgan yosh futbolchilarga imkoniyat beraman», - deydi Kuman.
Eslatib o'tamiz, Pyanich 2020 yilda «Yuventus»dan «Barselona»ga 60 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Avvalroq, bosniyalikning Turinga qaytishga yaqin turgani, chunki u bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan birlashmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.
16-Avgust 2021,19:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0