Messi zo'rmi yoki Ronaldumi, deb mendan ko'p so'rashadi. Ikkovidan birini tanlash ham mantiqsiz, shunday deb javob berish esa, ancha umumiy bo'lib qoladi. Bu erda Messi va Ronaldu o'rtasidagi farqni anglab olish muhim. Messi - futbolchi, uning buyukligi mana shu to'rtburchak maydon ichida mujassam. U xuddi qo'shni mahallada to'p tepadigan bolakay singari Chempionlar Ligasida ham o'ynab ketaveradi. Uning hayoti, oilasi, xarakteri, yutug'i, kamchiliklari ham mana shu maydonda o'lchanadi - u kubokni yutgan, bunisini yutolmagan, falon golni urgan, falon penaltini urolmagan va hokazo. "Uni ko'chada ko'rsangiz, xuddi maktab bolasiga o'xshaydi, lekin forma kiyib maydonga tushishi bilan, boshqalar uning oldida bolakay bo'lib qoladi" - degandi Biksant Lizarazyu.U hech qachon o'zini ko'rsatishga muxtoj emasdi. Shu holatdayam doim cho'qqida qolish. Oson emas. Ronaldu esa, ko'proq - shaxsiyat. Uni mana shu cho'qqiga tug'ma iste'dodidan ham ko'ra, kurashuvchan xarakteri, mehnati, g'oliblikka bo'lgan intilishi olib keldi. Kambag'al oilada tug'ildi, "Manchesterdagi "dedovshina"nadan porlab chiqqan, "Real"da o'tib ham, eng zo'r bo'ldi, Turinda hamon benazir. Uni maydon tashqarisida ham yaxshi taniymiz - biroz arazchi, biroz maqtanchoq, biroz quvnoq. "Bir kuni olti yarimda bazaga keldim. O'zim uchun shug'ullanmoqchi bo'ldim. Qarasam, allaqachon Krishtianu kelib bo'lgan, zarbalarni mashq qilayotgandi" - deb eslaydi Karlos Teves. U doim o'zini ko'rsatish va isbotlash extiyoji bilan yashadi. Oson emas. Futbolchi sifatida Messini, inson sifatida Ronalduni tanlagan bo'lardim. Ya'ni agar bir jamoa murabbiyi bo'lganimda, Messini sotib olib berishlarini so'rardim, biri bilan do'stlashgim, gaplashgim kelsa Ronalduni tanlardim...Qahramon Aslanov
11-Noyabr 2019,18:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0