"Barselona" yarim himoyachisi Ilaysh Moriba faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Futbolchiga "Leyptsig" klubidan taklifi bor va Moriba klub bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shu sababli, 18 yoshli yarim himoyachi APLga o'tishga rozi emas, xususan futbolchiga "Tottenxem" klubi jiddiy tarzda qiziqish bildirgandi.
Moriba vakillari transferni yakunlash uchun kataloniyaliklar rahbariyati va nemis klubi bilan muzokara olib bormoqda. "Barsa" 15 million evro miqdorida tovon puli olmoqchi.
Avvalroq, "Barsa" "Leyptsig"ning 8 million evrolik taklifini rad etgan edi. Moribning agentlari nemis jamoasini taklifni oshirishga ishontirmoqda.
Qayd etilishicha, "Barselona" shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha Moriba va "Leyptsig" o'rtasidagi kelishuvdan xabardor.
Agar shartnoma yakunlanmasa, Ispaniya klubi fubolchini erkin agent sifatida bir yil ichida tark etishiga ruxsat berish xavfi bor.
28-Avgust 2021,16:10