Grizmanning transferi dedlaynga bir daqiqa qolganda amalga oshirildi!
Antuan Grizmann yana "Atletiko" sharafini himoya qiladi.
Madrid klubi allaqachon "Barselona" bilan kelishuv haqida e'lon qildi.
Jurnalist Janluka di Martsioning xabariga ko'ra, Grizmanning transferi La Ligada yozgi transfer oynasi yakunlanishiga bir daqiqa qolganda amalga oshirilgan.
Eslatib o'tamiz, Antuan 2014-2019 yillarda "Atletiko" libosida o'ynagan. Frantsuz Madrid jamoasi safida butun dunyoga tanilgan.