Hujumchi Antuan Grizmanning "Barselona" bilan shartnomasida ko'rsatilgan sodiqlik bonusining miqdori ma'lum bo'ldi, deb xabar beradi Sport.es nashri. Manbaga ko'ra, agar "Atletiko"ga o'tgan frantsuz futbolchisi "Barselona"da 2022 yilning 30 iyunigacha qolsa, Kataloniya klubi unga 7 million evro bonus to'lashga majbur bo'lardi. 2022/2023 va 2023/2024 yillar uchun Grizmann sodiqligi uchun yana 6,5 million evro olgan bo'lardi. Shunday qilib, hujumchi Madrid klubiga qaytarib sotib olish majburiyati bilan o'tishi munosabati bilan, shartnoma bo'yicha Grizmann tufayli "Barselona" 20 million evro tejab qoldi. Grizmann 2019 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qiladi. O'tgan mavsumlarda 30 yoshli frantsuz barcha turnirlarda 51 uchrashuvda ishtirok etib, 20 gol va 13 golli uzatma muallifi bo'lgan.
5-Sentyabr 2021,18:40