"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Luis Suaresning jamoadan ketishi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi."Lui ketganidan afsuslanmadim. Meni jamoada o'zgarishlar qilish uchun tayinlashdi. Suares ketsa yaxshi bo'lardi deb o'ylagandik. Biz u "Atletiko"ga emas, "Yuventus" ga o'tadi deb o'ylagandik, lekin siz klub foydasiga to'g'ri qaror qabul qilganimiz uchun hech qachon afsuslanmasligimiz kerak", - deya Kumanning so'zlarini keltiradi Sport.es nashri.
Eslatib o'tamiz, Suares 2014 yildan buyon "Barselona"da o'ynaydi. 2019/2020 yilgi mavsumda forvard klubning barcha turnirlardagi uchrashuvlari doirasida 36 ta o'yin o'tkazdi, 21 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'tgan mavsumda futbolchi "Atletiko" bilan Ispaniya chempioni bo'ldi.
8-Sentyabr 2021,23:30