«Bavariya» klubi faxriy prezidenti Uli Xyoness «Barselona»ning moliyaviy ahvoli haqida o'z fikrini bildirdi. Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar Evropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida o'zaro to'qnash kelishadi.«Barselona» aslida harobga aylandi. Bu jamoa Germaniyada bo'lganida, ularga qarshi bankrotlik ish qo'zg'atilgan bo'lardi. Kataloniyaliklar endi biz uchun namuna hisoblanishmaydi. «Bavariya» pandemiyaga qadar jahondagi barcha uchun namuna bo'ladigan klub edi. Kam pul sarflab qanday qilib bunday natijaga erishish mumkinligini hech kim tushunmasdi. Pandemiya esa vaziyatni og'irlashtirdi. Muxlislarsiz biz millionlab evrodan mahrum bo'ldik. Natijada hisobimizda mavjud bo'lgan katta pullar tamom bo'ldi», — dedi Xyoness.Eslatib o'tamiz, «Barselona» — «Bavariya» uchrashuvi 14 sentyabr kuni soat 00:00da «Kamp Nou» stadionida bo'lib o'tadi.
14-Sentyabr 2021,14:20
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0