«Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman La liganing 6-turidan o'rin olgan «Kadis»ga qarshi uchrashuvdan tashkil etilgan matbuot anjumanida tayyorlab kelgan matnni o'qib berdi.Shundan so'ng mutaxassis jurnalistlarning savollariga javob bermasdan matbuot anjumani zalini tark etdi. «Mening boshqaruvimdagi klub tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Natijalar esa moliyaviy ahvolga bog'liq.Demak, klub va jamoa katta pul tikmasdan turib vaziyatga moslashishi kerak. Buning uchun esa vaqt talab etiladi. Yosh iqtidor egalari ikki yildan keyin jahon darajasidagi yulduzga aylanishi mumkin. Yosh futbolchilarda Xavi va Inesta kabi imkoniyat mavjud, ammo sabr-toqat talab etiladi.La liga jadvalida yuqori pog'onalarda qolish muvaffaqiyat hisoblanadi. Chempionlar ligasida esa mo'jiza kutish kerak emas. Evropada o'ynash — katta tajriba. «Bavariya»dan qabul qilingan mag'lubiyatga shu nuqtai nazardan yondashish lozim.Hozirgi paytda biz qo'llab-quvvatlashga muhtojmiz. Biz amalga oshirayotgan jarayonni qo'llab-quvvatlang. Matbuot bizdagi jarayonni tan oladi, buni bilaman. Bundan holat tariximizda ilk marta sodir bo'layotgani yo'q. Qiyin pallada sizning qo'llab-quvvatlashingizga muhtojmiz. Jamoa sifatida biz muxlislarning qo'llab-quvvatlashidan qoniqish hosil qilyapmiz», – dedi Kuman.
22-Sentyabr 2021,18:00