«Barselona» klubi Ronald Kumanni iste'foga chiqarib, jamoa boshqaruviga yangi murabbiyni olib kelish ustida ishlamoqda. Bu haqda Goal.com xabar tarqatdi.Kataloniyaliklar Belgiya terma jamoasi ustozi Roberto Martines bilan aloqaga chiqib, unda "Barsa"ni boshqarish g'oyasiga qanday munosabatda ekanini so'rashdi. Shuningdek, klub mutaxassisning o'ziga bosh murabbiy lavozimiga u asosiy nomzod ekanini aytishgan.Martinesni ham «Barselona»da ishlash qiziqtirmoqda. Shu bilan birgalikda ispaniyalik mutaxassis Millatlar ligasi oxiriga qadar Belgiya terma jamoasidan ketmoqchi emas. Belgiya ushbu musobaqaning yarim final bosqichini 7 oktyabr kuni Frantsiyaga qarshi o'tkazsa, 10 oktyabr kuni final va 3-o'rin uchun bahslari belgilangan. «Barselona» esa musobaqa yakuniga qadar kutishga tayyor.
24-Sentyabr 2021,18:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0