"Barcha futbolchi biladi. Bu haqida o'tgan mavsumda ham aytib o'tdim. Barchasi murabbiyga bog'liq. Agarda uning o'rnida boshqa, yuqori avtoritetga ega murabbiy kelganida o'zini boshqacha tutgan bo'lardi. Agarda u o'zaro suhbatda meni hisobdan chiqarganini va buning sabablarini tushuntirib berganida, indamas edim.
Biroq u nima sababdan rejalarga kirmayotganimni aytmasdi. "Atletiko" bilan kelishib bo'lib, "Barselona" bilan shartnomani yakunlash uchun kelganimda esa u menga agarda transfer amalga oshmasa "Vilyarreal"ga qarshi bahs uchun qaydnomadan o'rin olishimni aytib o'tdi. "Nima? Men sening rejalaringda emasman. Sen meni qaydnomaga kiritmoqchimisan?"
U meni mashg'ulotlar bo'layotgan maydondan boshqasiga jo'natib yuborardi. Huddi 15 yoshli futbolchi kabi munosabatda bo'lardi. Bunday hurmatsizlik esa xuddi ustimdan kulayotgandek tuyulardi. Shu sababli uyga yig'lab qaytganman.
Biror marta u haqida xaqoratli intervyu bermaganman. Mashg'ulotlarda ochiqdan-ochiq norozilik qilmaganman. Professionalman. Eng yaxshi qarorni izlayverganman.
Bu holatda barcha ishtirok etishini istagandim. Chunki Bartomeu futbolchilarga Suares kiyim almashtirish xonasida o'zini yomon tutadi, unday ish qiladi, bunday ish qiladi deb aytgan. Uning bu gaplarini Kuman telefon qilishidan bir hafta oldin eshitgandim. Bu juda og'riqli", - dedi Suares.
1-Oktyabr 2021,23:00