18 yoshli Aleks Balde musbat test topshirdi, uni o'zini-o'zi izolyatsiya qilishga o'tkazishdi.
Bu "Barselona"dagi koronavirus bilan bog'liq to'rtinchi holatdir. Oldinroq Jordi Alba, Dani Alves va Kleman Langle musbat test topshirgan edi.
"Barselona" keyingi o'yinini 2 yanvar kuni "Malorka"ga qarshi o'tkazadi.