Xavi "Barsa"ga yuqori saviyadagi markaziy himoyachi kerak deb hisoblaydi. Unga Kunde yoqadi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Kataloniya klubi rahbariyati "Borussiya" o'yinchisi Erling Xoland bilan shartnoma imzolash g'oyasi bilan band. Ammo, Xavi natijalar yaxshilanishi uchun yuqori saviyadagi markaziy himoyachi kerak deb hisoblaydi.
Murabbiyga "Sevilya"dan Jyul Kunde juda ham yoqadi. Xavining fikricha, frantsuz kuchli, texnikali va ko'p qirrali bo'lajak himoyachi profiliga ega.
Qayd etish kerakki, bitimni amalga oshirish qiyin. "Sevilya" futbolchi uchun doim 80 mln evrolik tovon puli so'rab kelgan. Shu bilan birga, "Chelsi" ham o'yinchi uchun da'vogarlik qilmoqda.
Barchasiga qaramay, "Barselona" agar kelishuv uchun moliyaviy imkoniyat bo'lsa, Kunde Kataloniya klubini tanlashiga ishonadi.
O'xshash yangiliklar
22:20 Mbappe ketmoqchi!
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (311/+0)
Yangiliklar (34182/+11)
UzFIFA Yangiliklari (27.08.2025)
Futbol TV Yangiliklari (27.08.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1800)
Eng ko'p o'qilgan
23-Avgust
08:30
22-Avgust
11:20
20-Avgust
22:20
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)