“Napoli” Insinening o'rniga “Barselona” forvardini sotib olmoqchi
Lorentso Insine yozda “Toronto”ga yo'l oladi.
“Napoli” uning o'rniga “Barselona”dan Memfis Depayni olib kelmoqchi. Yagona muammo futbolchining yuqori maoshida bo'lishi mumkin.
Depay o'tgan yoz “Lion” safidan kataloniyaliklar jamoasiga ko'chib o'tdi. U joriy mavsum klub libosida 23 o'yinda qatnashib, 8+2 natija ko'rsatib turibdi.