Foto ChL doirasidagi "Barselona" - "Real" bahsi ayollar futboli tarixida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan o'yin bo'ldi
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasidagi "Barselona" va "Real" (5:2) o'rtasidagi o'yinda muxlislarning tashrifi bo'yicha jahon rekordi o'rnatildi.
Bu haqda UEFA xabar bermoqda.
Barselonadagi "Kamp Nou" stadioniga 91 553 muxlis tashrif buyurdi.
Oldingi rekord Pasadina (AQSh)da JCh-1999 finali doirasidagi AQSh va Xitoy (0:0, penaltilar bo'yicha 5:4) o'rtasidagi o'yinda o'rnatilgan edi. O'shanda o'yinga 90 185 muxlis tashrif buyurgan.
"Barselona" 5:2 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniya jamoasi ilk o'yinda 3:1 hisobida raqibini mag'lub etgandi.
Ispaniya jamoasi yarim finalda "Arsenal" - "Volfsburg" juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.
Ayollar o'rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 21 may kuni Turinda bo'lib o'tadi. "Barselona" musobaqaning amaldagi chempioni hisoblanadi.




O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (318/+0)
Yangiliklar (36746/+27)
UzFIFA Yangiliklari (26.02.2026)
Futbol TV Yangiliklari (26.02.2026)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1856)
Eng ko'p o'qilgan
25-Fevral
23:42
21-Fevral
18:40
24-Fevral
21:40
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)





411