"Barselona" 10 iyunda Serxi Roberto bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qilishi mumkin
"Barselona" ushbu haftada yarim himoyachi Serxi Roberto bilan shartnomani uzaytirish borasidagi bitimni yakunlamoqchi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, klub 30 yoshli ispaniyalik bilan yangi kelishuvni 10 iyunda e'lon qilmoqchi. Bitim 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar tuziladi.
Serxi Roberto — "Barselona" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi 2021/22 yilgi mavsum jamoa tarkibida 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O'yinchining amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi.