Ularning dedlaynda ham eng faollardan biri bo'lgani hayratlanarli emas.
Ramziy va "Barsa"ga yaqin bo'lgan jurnalist Jerar Morenoning ma'lumotiga ko'ra, sport direktori Mateu Alemani oxirgi soatlarda bosim ostida ishlashni yaxshi ko'radi — bu unga o'lchovli va xotirjam muzokaralardan ko'ra ko'proq yoqadi.
"Barsa" transfer oynasining so'nggi mana qanday ishladi.
Per-Emerik Obameyang — "Chelsi"dan Markos Alonsoga almashinuv + 14 mln evro
"Barselona" va "Chelsi" butun yoz davomida qattiq ishlashdi — ham muzokarachilar sifatida, ham bir xil o'yinchi uchun raqobatchi sifatida. Dedlayn kunida ular hujumchi Per-Emerik Obameyangni himoyachi Markos Alonsoga 14 mln evro qo'shimcha to'lov bilan almashishga kelishishdi — gabonlikning "Barselona"ga yarim yil oldin erkin agent maqomida kelganini hisobga olsak, yomon emas.
"Chelsi" esa hattoki yaqinda jarohat olgan hujumchini oldi. Qo'rqinchli voqea: yaqinda o'g'rilar uning uyiga kirishdi va 700 ming evrolik narsalarni olib ketishdi, gabonlik o'z rafiqasini himoya qilishga uringanda esa talonchilar uning jag' suyagini sindirishdi. "Bu tuyg'uni tushunish va tasvirlab berish qiyin — biz ortiq o'z uyimizda xavfsizlikda emasmiz. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat, bu biz uchun haqiqatdan ham ko'p narsani anglatadi", — deb yozdi Obameyang ijtimoiy tarmoqda.
Per-Emerik Tomas Tuxelning oldiga yo'l oldi — ular birgalikda "Dortmund"da ishlashgan. Aynan Tuxel Obameyangni vingerdan markaziy hujumchiga aylantirgan.
Martin Breytueyt — shartnomani bekor qilish
Martin Breytueytning "Barselona"dagi afsonaviy davri yakunlandi, hujumchi klub safida La Ligadagi 44ta o'yinda 5ta gol urdi. Daniyalik "Barsa"ga noyob stsenariyda kelgan — uni transfer oynasi yopilganidan so'ng xarid qilishgan.
Barchasi qonuniy: La Ligada shunday qoida borki, jamoaning biror futbolchisi jiddiy jarohat sabab uzoq vaqtga safdan chiqqan bo'lsa, klub o'yinchi xarid qilishi mumkin. Jarohat olgan Usmon Dembele edi, Breytueyt esa shunday qoida bilan "Leganes"dan 18 mln evro (tovon puli) evaziga olingan.
Martin hayron qoldirishga va'da berdi: "Muvaffaqiyatga erishishimni bilaman. O'zimga ishonaman, taqdir shunaqa. Meni "Barselona"ning taklif qilishi hayron qoldirmadi", — deydi forvard 2021 yilning fevralida. Daniyalik o'tgan yilgi o'yinlardan biridan so'ng maoshini ko'tarishni talab qilgan, aks holatda shartnomani bekor qilishga va'da bergan.
Avgustda klubning o'zi Martin bilan mehnat shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishni xohladi, ammo u futbolchi qattiq pozitsiyada turib oldi va kamida 5 mln evro tovon puli talab qildi — shartnoma bo'yicha maoshning qolgan qismi. "Pumas"ga qarshi Joan Gamper Kubogi oldidan kataloniyaliklar muxlislari Breytueytga klubdan ketishni rad etayotgani uchun hushtak chalishdi. "Barsa" baribir o'zi xohlaganiga erishdi.
Breytueyt darhol "Espanol" bilan shartnoma imzoladi. Baribir Barselonada qoldi.
Ektor Belerin — erkin agent
Ektorni birinchi marta "Barsa" bilan avgustning o'rtalarida bog'lashdi — o'shanda o'yinchi Xaviga taklif qilingan va u ehtimoliy o'tishni ma'qullagandi. Belerin "Barselona"ga o'tish xohishi sabab "Atalanta", "Sassuolo" va "Udineze"ning taklifiga rad javobini berdi.
"Arsenal" Belerinni tekinga qo'yib yubordi, ammo qiziq bir jihat bor. Jurnalist Toni Xuanmartining xabariga ko'ra, londonliklar Ektorning keyingi sotuvidan 25% olishadi, shuningdek o'yinchining ishtirokiga qarab bonuslar belgilangan.
Belerin — "Barselona" tarbiyalanuvchisi. U klub tizimida 2003-2011 yillar davomida bo'lgan va o'sha erda "Arsenal"ga o'tgan. "Barselona" mayda u "Betis"da ijarada o'ynagan paytida shartnoma imzolashi mumkin edi, ammo transfer amalga oshmadi.
Serjino Dest — "Milan"ga ijara
Dest iyuldan beri sotuvlar ro'yxatida edi. Turli paytlarda uni "Chelsi" va MYu bilan bog'lashdi, Erik ten Xag esa Destni jamoasida ko'rishni xohlagandi. Angliya klublaridan tashqari Xuan Foytning ketishidan so'ng o'rinbosar izlagan "Vilyarreal" himoyachiga taklif bilan chiqdi, ammo klublar kelishuvga erishishmadi. Destning o'zi klubda qolishni xohladi.
Xavi sotuvni talab qildi — avgust o'rtalarida aniq gap aytdi: "Barsa" Aspilikueta bilan shartnoma imzolashni xohlagandi, ammo Arauxo, Roberto va Kunde bor. Dest esa qanday vaziyatligini biladi".
Yakun — 20 mln evroga xarid qilish huquqi bilan ijara.
Jorji Alba — "Inter"ga ijaraga ketmadi
Balki, eng kutilmagan figura. Bu haqda Jerar Moreno birinchi bo'lib xabar berdi: yillik ijara va "Barsa"ning 60% maoshni to'lashi. "Inter" uchun ideal shartlardek.
Bitim g'oyasi qaerdan keldi? Hammasi oddiy: maoshlar miqdorini pasaytiish. "Barsa" Albani ijaraga bergan holda, qo'shimcha o'yinchilar uchun pul izlashga urindi. Chap qanot ham to'lgan: yosh Alek Balde bor va endi Markos Alonso keldi.
CCMA xabariga ko'ra, Alba hayratda qolgan. U tasodifan muzokaralar haqida bilib qolgan: uning agentiga Alonsoning transferi bilan shug'ullanuvchi vositachilar xabar qilishdi. Jordining vakillari "Inter" bilan aloqaga chiqishdi — ular "Barsa" Albadan qutulishga urinayotganini tasdiqlashdi. Dedlaynda himoyachi Xavi bilan uchrashishni rad etdi.
Xunuk voqea.
Memfis Depay — "Chelsi" baribir uni olmadi
Depay turli qutblarda edi: kimdir uning "Barsa"da hatto olti-etti hujumchi bo'lib ham jamoada qolishini aytdi, yana kimdir "Yuventus"ga o'tish bo'yicha kelishuvga erishganini ma'lum qildi (italiyaliklar yakunda "Marsel"dan Arkadiush Milikni tanlashdi).
Ammo, yakun zerikarli — Memfis Ispaniya va Angliyada transfer oynasi yopilishiga bir soat qolganda barchani uxlashga yubordi: "Barselona"da qolishga qaror qildim! Klubning sport muvaffaqiyatlarida o'z hissamni qo'shishga to'liq e'tiborimni qaratganman".
Dedlaynda Depayni faqatgina "Chelsi" bilan bog'lashdi, ammo Tuxel shogirdi bo'lmish Obameyangni o'z safiga jalb qildi.
2-Sentyabr 2022,14:15
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0