Messining goli Argentinaga Braziliya ustidan g'alabani taqdim etdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyod shahrida Braziliya va Argentina terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.
“Qirol Fahd” stadionida kechgan qizg'in bellashuvda Messijamoadoshlari kichik g'alabani tantana qilishdi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida braziliyaliklar penalti tepish huquqiga ega chiqishdi. Ammo Gabriel Jezus mo'ljalni aniq ola bilmadi. Oradan uch daqiqa o'tib, endi argentinaliklar 11-metrlik jarima zarbasi tepadigan bo'lishdi. To'pga yaqinlashgan Lionel Messining zarbasini braziliyaliklar posboni Alison Beker qaytarishga erishgan bo'lsada, darvozabondan qaytgan to'pni Leoning o'zi to'rga joylab qo'ydi va jamoasining kichik hisobdagi g'alabasini taminladi.
Argentina terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 18 noyabr kuni Tel- Avivda Urugvay termasiga qarshi o'tkazsa, Braziliya 19 noyabr kuni Abu Dabida qitadoshlarimiz Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.
O'rtoqlik uchrashuvi.
Braziliya – Argentina 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 13 Messi.
Braziliya– Alisson, Militao, Danilo, Tiago Silva, Aleks Sandro (Lodi, 64), Kazemiro (Uesli, 86), Lukas Paketa (Koutino, 46), Artur (Fabino, 55), Villian (Rodrigo, 71), Firmino, Gabriel Jezus (Risharlison, 71).
Argentina– Andrada, Otamendi, Foyt, Peccelya, Talyafiko, Paredes (Rodriges, 83), Lo CHelso (Akunya, 59), de Paul (Dominges, 90), Okampos (Gonsales, 74), Martines (Alario, 88), Messi.
Ogohlantirish: Kazemiro (22), Danilo (27), de Paul (43), Talyafiko (61), Militao (64), Paredes (73).
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Xabarlar (2)
K
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32246/+17)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
O'qildi: 123 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)