Leo Messiga bugun oltinchi "Oltin butsa" topshiriladi

Tadbir Barselonadagi Antiga Fabrika Estrella Dammda bo'lib o'tadi.
16 oktyabr, bugun Leo Messi Evropaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi to'purari sifatida "Oltin butsa"ni oladi. Taqdirlash marosimi Barselonadagi Antiga Fabrika Estrella Dammda bo'lib o'tadi.
"Barsa" hujumchisi o’tgan mavsumda hammadan ustunlik qildi. Bu argentinalikning oltinchi marta sovrin yutishidir (2009/2010, 2011/2012, 2012/2013, 2016/2017, 2017/2018 va hozir 2018/2019). Bundan tashqari, ketma-ket uchinchi marta buni amalga oshirmoqda. Mukofotni hech kim bunday yutmagan, bu rekorddir!
Aslida, "Oltin butsa" so'nggi to'rt mavsumning har birida "Barsa" futbolchilari tomonidan qo'lga kiritilgan. Messidan oldin mukofotni so'nggi 2015/16 mavsumda Luis Suares yutgan edi.
Bugun bo'lib o'tadigan tadbirda uning oilasi va do'stlari Messiga hamroh bo’lishadi, klubdan delegatsiya ham qatnashadi.
"Oltin butsa" uchun o'tgan mavsumda "PSJ"dan Kilian Mbappe va "Sampdoriya"dan Kualyarella ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallashgan.
O'xshash yangiliklar
Izoh qoldirish
Bo'limlar
Muloqot (297/+0)
Yangiliklar (32250/+15)
UzFIFA Yangiliklari (07.04.2025)
Futbol TV Yangiliklari (07.04.2025)
ONLINE TV (47) LIVE
Futbolchilar haqida (22)
Futbolchilar rasmlari (601)new
Hafta faollarii TOP-30
La-Liga to'purarlar TOP-30
Foydalanuvchilar (1745)
Eng ko'p o'qilgan
4-Aprel
17:10
09:00
16:50
"Real" futbolchilari: "Barsa" bilan o'yinda 60-daqiqagacha chidasak bo'ldi!
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
O'qildi: 124 - Fikirlar: 0
FC BARCELONA O'YINLARI
Futbolchilar hayotidan (Instagram)