Lionel Messi mavsumni ajoyib boshladi: Liga 1da "gol+pas" tizimi bo'yicha 5+7 jamg'ardi, ChLda esa ikkita gol va bitta assistga ega. Messi PSJga adaptatsiya qildi, ammo uning shartnomasi yozda yakunlanadi. Uning ushbu mavsum so'nggida Parijdan ketish ehtimoli bor.
Messining ketishi haqida media nima demoqda?
• L'Equipe: Messi umuman PSJda qolishga qarshi emas, unga loyiha o'zgargani yoqmoqda. Ammo, u "Barselona"dan aniq yurish kutmoqchi, sababi Joan Laportaning uni qaytarishni xohlashini biladi.
• Fabritsio Romano: Messi JCh-2022dan so'ng qaror qabul qiladi. U futboldan shartnomalarga chalg'imoqchi emas.
• Mundo Deportivo: "Barsa" Messini qaytarishni xohlayotganiga ishonchi komil. Klub bu variantni bahorda muhokama qildi. Ammo, pul evaziga transfer imkonsiz – bu faqatgina Messi erkin agent miqdorida o'tganda amalga oshadi. "Barselona"da to'g'ridan-to'g'ri transfer uchun pul yo'q.
• Get French Football News: hozircha Messining PSJ bilan shartnoma imzolash imkoniyati boshqa klubga ketishidan ko'ra yuqori. Bu PSJ tomonidan allaqachon tayyorlanib qo'yilgan shartnoma bilan bog'liq, ammo tomonlar uni hali muhokama qilishmadi.
• AS: Messi yozda ikki bor Laporta bilan telefon orqali muloqot qildi. Hech kim bu muloqotlar nima haqda bo'lganini bilmaydi.
Nega barcha birdaniga Messining "Barselona"ga qaytishi haqida gapirib qoldi?
Kartinani to'liqroq ochish uchun 2021 yilning yoziga qaytamiz. O'shanda klub prezidenti Joan Laporta Xosep Bartomeudan qolgan moliyaviy holatda dahshatga tushganini aytdi: "Barsa"da qarzlar, yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha qiyinchiliklar, past maosh chegarasi bor edi. Bunday shartlarda Messini klubda qoldirishning umuman chorasi yo'q edi.
Bu Laportaning Messi ketishidan keyingi ilk intervyularidan biri:
"Bu biz uchun tragediya. "Barselona" va Leo bo'linmas qismdek edi. Ammo, vaziyat shundayki, hozirda hamkorligimizni to'xtatib turishga majburmiz. Men tasodifan to'xtatib turish haqida gapirmadim. Orzuim – Leoni uyiga qaytarish. U "Barselona"da bo'lishi kerak. Qachondir bu savolga qaytamiz".
"Barselona" bu masalaga bir yildan sal oshiqroq muddatdan so'ng qaytdi. "Barselona" hech bo'lmasa bu masalani o'ylab olish masalasiga qaytgandir, ammo bu erda bir qator qiyinchiliklar bor.
1. "Barselona" aniq Leo Messining PSJdagi maoshini takrorlay olmaydi. Fbref ma'lumotiga ko'ra, bu bir mavsum uchun 60 mln evrodan ortiq maosh. Taqqoslash uchun: "Barsa"da eng ko'p maoshni Frenki de Yong oladi – bir mavsumda 37,5 mln evro. Laporta bunday miqdordagi pulni istisno etdi. O'sha Robert Levandovski ham yiliga 20 mln evro oladi (De Yong, Serxio Buskets va Jerar Pikedan so'ng klubdagi to'rtinchi maosh).
Messi agar jiddiy tarzda qaytish haqida o'ylsa, moliyaviy tomondan ancha pastlashiga to'g'ri keladi.
2. Xavi aniq Messiga asosiy o'yinchi rolini bermaydi. Hozirda klubning falsafasi yosh futbolchilarni o'stirishga qaratilgan. The Athletic xabariga ko'ra, Xavi Messining qaytishiga qarshi emas, ammo uning maydonda emas, kiyin almashtirish xonasida etakchi bo'lishini xohlaydi. Xavi Messi o'ynashga qodir bo'lgan barcha pozitsiyalarda kerakli futbolchilarni o'ynatib bo'ldi.
Ammo, Messi kelasi yozda 37ga kiradi, shunday ekan, Messining bu rolga ko'nikishiga to'g'ri keladi.
3. Messining Jerar Pike bilan munosabatlari keskinligi haqida insayd bor edi. U Leoning PSJdan ketishidan ancha oldin boshlangan. Ammo, barchasi Pikening Messining ehtimoliy kelishigacha "Barsa"dan ketishiga qarab ketmoqda: u umuman o'yin sifatiga mos kelmaydigan darajadagi maoshni olmoqda – bu "Barselona" rahbariyatini qoniqtirmayapti.
Messining qaytishi hozircha insaydlarda bor. Ammo, bunga umidlar Leoning ketayotganda aytgan gaplari bilan bog'liq: "Nima bo'lishidan qat'iy nazar, bu ["Barsa"] mening uyim. Kim biladi: balki qachondir bizning yo'llarimiz yana kesishar".
Alisher Ostonov tarjimasi
10-Oktyabr 2022,13:30
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0