Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
"Uchrashuv yakunlanib, hakamlar brigadasi kiyinish xonasida bo'lgan paytda "Barselona" prezidenti Joan Laporta xonaga kirib, o'yin davomidagi ayrim vaziyatlarga oydinlik kiritishni qayta-qayta so'radi. Shu munosabat bilan undan hakamlar xonasidan ketishi so'raldi, boshqa hech qanday hodisa sodir bo'lmadi", – deyiladi referi Xose Mariya Sanches Martines hisobotida.
Manbaga ko'ra, Laporta 75-daqiqada hujumchi Robert Levandovski yiqilganidan so'ng penalti belgilanmagani, shuningdek, 90-daqiqada Erik Garsiya Rodrigoga nisbatan qo'pollik ishlatilgach, 11 metrlik qoidabuzarlik tufayli penalti belgilanganidan norozi bo'lgan.
"Barselona" 9 o'yinda 22 ochko to'plab, ikkinchi o'rinda bormoqda, kataloniyaliklar La Liganing joriy mavsumida ilk mag'lubiyatini qabul qilib olishdi.
17-Oktyabr 2022,15:15