«Barselona» futbolchilari Robert Levandovski va Jerar Pike «Osasuna»ga qarshi o'yinda chetlatilgani uchun Ispaniya tartib-intizom qo'mitasi tomonidan jazoga tortildi. Levandovski o'sha bahsning birinchi bo'limida ikkita sariq kartochka olib, maydonni tark etgandi. Maydonni tark etish paytida u qo'li bilan qandaydir ishoralar qildi. Bu harakatlari uchun Robert 3ta o'yinga chetlatildi. Polshalik o'yinchi qizil kartochka uchun bitta, hakamga nisbatan hurmatsizlik qilgani uchun 2ta o'yindan iborat jazo oldi. Shu bois, Levandovski «Espanol», «Atletiko» va «Betis»ga qarshi o'yinlarda ishtirok etmaydi. Futbolchilik faoliyatini yakunlaginini e'lon qilgan Pike esa 4ta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Jerar "Osasuna"ga qarshi bahsning tanaffusida hakamlarni haqorat qilgan.
16-Noyabr 2022,21:40
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0