"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski Kataloniya klubi afsonasi, "PSJ" hujumchisi Lionel Messi bilan faoliyatini yakuniga qadar bir jamoada o'ynashni hohlashini tan oldi.
34 yoshli Levandovski "Barselona" bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi va u yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin. Messini 2021 yilning yozida tark etgan "Barsa"ga qaytishi mumkinligi bilan bog'liq xabarlar chiqishda davom etmoqda.
"Bu menga bog'liq emas. Albatta, hozir u ko'proq pleymeykerga o'xshab o'ynayotganini ko'ramiz, balki u kamroq gol urar va jamoadoshlariga ko'proq golli uzatma beradi, ammo baribir gol uradi. Ammo boshqa vaqtlar bilan solishtirganda, hozir u har qanday hujumchi yonida o'ynashni orzu qiladigan futbolchi", - deya Levandovski so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
24-Dekabr 2022,01:00
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0