«Barselona» prezidenti Joan Laporta Evropa superligasi loyihasi 2025 yildan ishga tushishini aytib o'tdi.«Bahorda Superliga masalasida qaror qabul qilamiz. Ushbu loyiha klublar uchun xuddi futbolchilar uchun Bosman qoidasi kabi bo'ladi. Agar ushbu loyiha shaffof bo'lmaganida, men unda ishtirok etishga rozilik bermagan bo'lardim. Loyihani «Real», «Yuventus» va boshqa klublar bilan birga qabul qilyapmiz. Ko'p klublar hali o'zlarining oshkor etilishlarini istashmayapti. Futbolda biz o'zgartirishni istagan yagona narsa — boshqaruv modeli. Shuning uchun UEFA bir tomon sifatida muzokaralar stoliga o'tirsin. Agar qaror ijobiy qabul qilinsa, Superliga 2025 yildan boshlab yo'lga chiqishi mumkin. Agar u manfaatli bo'lmasa, qanday chora qo'llash kerakligini o'ylab ko'ramiz. Qanchalik muvaffaqiyatga erishishimizdan kelib chiqib Superliganing kelajagi hal etiladi.Superliga loyihasi Angliya premer-ligasi bilan raqobatbardosh bo'ladi. Angliya jamoalari ham unga kirishini istaymiz. Ular birinchi bosqichda Superligada ishtirok etishmaydi. Milliy chempionatlar tarafdori sifatida shuni aytamanki, ikkinchi bosqichdan boshlab APL klublari Evropa superligasi loyihasiga qo'shilishadi», – dedi Joan Laporta.
6-Yanvar 2023,09:00