"Arsenal" "Barselona" futbolchisining transferi ustida ish boshladi
"Arsenal"ga "Barselona" futbolchisi Rafinya kerak.
Ingliz klubi braziliyalik futbolchini tarkibiga qo'shib olish borasida aloqaga chiqqan. "Barselona" ham "Arsenal"ga imkoniyat taqdim etishga tayyor turibdi. Katta ehtimol bilan Rafinya "Shaxtyor"dan "Chelsi"ga o'tayotgan Mixail Mudrikga o'rinbosar bo'ladi.
Ushbu mavsumda Rafinya Primeroning 15 o'yinida qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etdi.