"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya chempionatining 18-turidan o'rin olgan "Xetafe"ga qarshi o'yin (1:0) natijasi haqida fikr bildirdi.
“Biz yaxshi o'ynamadik, juda sekin. Ular yaxshi himoyalanishdi, lekin umuman olganda unchalik yaxshi o'ynay olishmadi. Bu bizning eng yaxshi o'yinimizdan uzoqda. G'alaba muhim, lekin yana qo'shishimiz kerak.
Charchoq his qildik, Ispaniya Superkubogi psixologik holatimizga ta'siri.
Fati juda ko'p ishladi, unda ko'p imkoniyatlar bor edi, ammo...
Kristensenda biroz noqulaylik bo'ldi, ammo jiddiy narsa yo'q. O'ylaymanki, u keyingi o'yinga tayyor bo'ladi”, - deya Xavi so'zlarini keltiradi Marca.
La Ligadagi mag'lubiyatsiz seriyasini 8 ta o'yinga etkazgan “Barselona” 44 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.
22-Yanvar 2023,01:30