Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alvesh jinsiy janjaldan qutulish uchun har tomonlama harakat qilmoqda.
La Vanguardia nashri xabariga ko'ra, 39 yoshli himoyachi tungi klubda zo'rlanganlik ishi bo'yicha uni himoya qilish uchun Ispaniyaning eng yaxshi advokatlaridan biri Kristobal Martelga murojaat qilgan.
Taniqli advokat so'nggi paytlarning eng shov-shuvli ishlarida ishtirok etgan, xususan, Neymarning "PSJ"ga o'tishi, sobiq prezident Xosep Luis Nunes ishida, Lionel Messi, Karles Puyol oilasi va "Barselona" manfaatlarini himoya qilgan.
Eslatib o'tamiz, Alveshning harakatlari bo'yicha tergov davom etmoqda. Futbolchi 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Dani hamma narsani inkor etishga urindi, ammo dalillar bosimi ostida u jabrlanuvchi bilan jinsiy aloqada bo'lganligini tan oldi, lekin hamma narsa rozilik bilan ekanligini da'vo qildi.
25-Yanvar 2023,11:40