“Barselona” La Liga 19-turi doirasida “Jirona”ga qarshi kechgan bahsda 1:0 hisobida g'alaba qozondi.Kataloniyaliklar barcha musobaqalar doirasidagi g'alabali seriyasini 8 o'yinga etkazdi. Jamoa 2023 yildagi barcha o'yinni o'z foydasiga hal qildi.Shuningdek, jamoaning mag'lubiyatsiz seriyasi 13 o'yinga etdi. So'nggi bor “Barselona” Chempionlar Ligasida 26 oktyabr kuni “Bavariya”ga yutqazgandi (0:3). Shundan keyingi 13 o'yinda 12 ta g'alaba va bitta durang qayd etildi.“Ko'k-anorranglilar” La Liganing so'nggi uch o'yinida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Jamoa Primera joriy mavsumining 18 o'yinidan 14 tasida to'p o'tkazib yubormadi.“Barselona” darvozasiga faqat “Real Sosedad” (4:1), “Real” (1:3), “Osasuna” (2:1) va “Espanol” (1:1) yo'l topa olgan.6 ta o'tkazib yuborilgan gol — Evropa top-5 ligalari joriy mavsumidagi eng yaxshi natija. Ikkinchi o'rindagi “Nyukasl” o'z darvozasidan 11 ta to'p olib chiqqan.“Barselona” keyingi o'yinini 1 fevral kuni “Betis”ga qarshi o'tkazadi.
29-Yanvar 2023,00:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0