"Manchester Siti" Bernardu Silvani "Barselona"ga qo'yib yubormadi.
Bugun qishki transfer oynasining so'nggi kunida kataloniyaliklar 28 yoshli portugaliyalik yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilishdi.
Gap sotib olish optsiyasi bilan ijara haqida ketayotgan edi, biroq “Manchester Siti” rad javobini berdi, deb xabar bermoqda AS nashri futbolchiga yaqin manbalarga tayanib.
Silva "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laportaning uzoq vaqtdan beri nishoni bo'lib turibdi va futbolchining o'zi ham harakat qilmoqda, ammo transfer oynasining so'nggi soatlarida ham bunday shartlar bo'yicha kelishuv bo'lmaydi.
"Manchester Siti" futbolchini o'tgan yozda qo'yib yuborishga tayyor edi, ammo "Barselona" Premer-liga klubini qanoatlantiradigan taklifni bera olmagandi.
Mavsum oxirida "Barselona" yarim himoyachini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.
Bernardu joriy mavsumda APLning 19 o'yinida 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
31-Yanvar 2023,21:20