"Real Madrid" chempionatda "Barsa"dan 8 ochko ortda qolayotgan bo'lsa-da, chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, u Chempionlar ligasi bilan Ispaniya kubogi uchun ham kurashadi. Qolaversa, “Qirollik klubi” klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish arafasida. Bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham tig'iz tavqim haqida gapirib o'tdi:
“Biz turnirlarda qatnashishdan bosh tortmoqchi emasmiz, chunki biz finalga juda yaqinmiz. Biz Qirol kubogi yarim finalidamiz va milliy chempionat va Chempionlar ligasida kurashamiz. Kuchlarni to'g'ri taqsimlash juda muhim, chunki bu juda murakkab taqvim. O'ylaymanki, biz bir zum ham to'xtamasligimiz kerak, chunki futbolchilar charchab qolishsa, hammasi tugaydi. Biz o'ynashdan va doimo kurashayotganimizdan xursandmiz, lekin menimcha, erishib bo'lmaydigan chegara bor. Buning oldini olish uchun nimadir qilish kerak".
Oxirgi oyda (31 kun) Karlo Anchelotti jamoasi 9 ta o'yin o'tkazdi: ular Ispaniya kubogidagi uchta raqibini, jumladan, “Atletiko”ni mag'lub etishdi; “Valensiya”ni mag'lub etib, mamlakat Superkubogi finaliga chiqdi, biroq u erda “Barselona”ga mag'lub bo'ldi. Chempionatda "Valyadolid" va "Atletik" ustidan g'alaba qozonishdi, "Vilyarreal"ga yutqazishdi va "Real Sosedad" bilan ochko bo'lishdi. Madrid klubini esa shunday qiyin taqvim kutib turibdiki, futbolchilarga havas qilib bo'lmaydi.
2 fevraldan 2 martgacha “Real Madrid” yana to'qqizta o'yin o'tkazadi. Bugun Karlo Anchelotti shogirdlari o'z maydonida "Valensiya" bilan o'ynaydi va darhol Marokashga klublar o'rtasidagi jahon chempionatiga yo'l oladi. U erda "Real Madrid"ni ikkita o'yin kutmoqda va Ispaniyaga qaytib kelgach, La Ligada "Malorka", "Elche" va "Osasuna" bilan uchrashuvlar kutib turibdi. “Osasuna”dan 3 kun o'tib “qaymoqranglilar” Chempionlar ligasida “Liverpul” bilan mehmonda, besh kundan keyin esa “Atletiko” bilan o'z uyida o'ynaydi. "Real"da esa tiklanish uchun bor-yo'g'i uch kun bor, chunki Karlo Anchelotti jamoasi to'rtinchi kuni "Barselona"ni qabul qiladi.
“Real Madrid”ning keyingi ikki oylik taqvimi:
2 fevral, “Valensiya” (Uyda), La Liga
5 fevral, “Malorka” (Mehmonda), La Liga
15 fevral, “Elche” (Uyda), La Liga
18 fevral, “Osasuna” (Mehmonda), La Liga
21 fevral, “Liverpul” (Mehmonda), Chempionlar ligasi
26 fevral, “Atletiko Madrid” (Uyda), La Liga
2 mart, “Barselona” (Uyda), Qirol kubogi (birinchi yarim final)
5 mart, “Betis” (Mehmonda), La Liga
12 mart, “Espanol” (Uyda), La Liga
15 mart, “Liverpul” (Uyda), Chempionlar ligasi
19 mart, “Barselona” (Mehmonda), La Liga
2 aprel, “Valyadolid” (Uyda), La Liga
5 aprel, Barselona (Mehmonda), Qirol kubogi (ikkinchi yarim final).
"Real Madrid"da yana qanday muammolar bor?
Qiyin taqvimdan tashqari “Real Madrid"da tarkib borasida ham muammolar bor. 9 yanvardan buyon David Alaba va Aurelien Tchuameni oltitadan o'yin o'tkazib yuborishdi. Har ikki futbolchining oyog'idan jarohat borligi aniqlangan va ularning jamoaga qaytish vaqti hali aniqlanmagan. "Real Madrid"da o'ng qanotda ham muammolar bor, Lukas Vaskesning to'pig'idan olgan jarohati va Daniel Karvaxalning mushaklari tufayli Nacho himoyada o'ng qanotdan joy oldi.
“Qirollik klubi”ning yana bir muammosi – transferlar. To'g'rirog'i, ularning yo'qligi. E'tibor bergan bo'lsangiz, "Real Madrid" qishda hech kim bilan shartnoma imzolamadi. Chempionlar ligasining amaldagi g'oliblari “PSJ” futbolchisi Ashraf Hakimiy va “Sporting” a'zosi Pedro Porro transferini ko'rib chiqishdi, biroq biri Parijda qoldi, ikkinchisi esa “Tottenxem”ga yo'l oldi. Shu tariqa Karlo Anchelotti himoyadagi muammolarni yopa olmadi. Bunday tig'iz taqvim bilan "Real Madrid" hech qanday holatda o'yinchilarini yo'qotmasligi kerak va yoshi katta Luka Modrich, Toni Kroos va Karim Benzema borligini hisobga olsak, bu vazifani engish qiyin bo'ladi. Ko'ramiz, Anchelotti bu muammolarga qanday echim topa oladi ekan.
2-Fevral 2023,15:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0