O'tgan yozda Kataloniya klubi a'zosi Frenki de Yongni har qancha urinmasin qo'lga kirita olmagan mankunianlar endi "Barselona" kelayotgan yozgi transferlar oynasida Ansu Fatini qo'yib yuborishga rozilik bildirishiga umid qilmoqda.
Fati "ko'k-anorranglilar" bilan 2027 yilgacha kuchda bo'ladigan shartnomaga ega, uning ushbu kelishuvni buzishi uchun tovon puli qariyb 1 milliard evro etib belgilangan. Biroq hujumchi joriy mavsumda kutilganiday o'yin ko'rsata olmayapti. U shu paytgacha jamoasining 30 ta o'yinida 6 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi ushbu o'yinlarning atigi 9 tasida asosiy tarkibda maydonga tushirilgan.
Hozircha "Barselona" "qizil iblislar"dan bo'ladigan har qanday taklifni eshitmasligi mumkin. Lekin yaqin bir necha oy ichida muhim o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin.
"Manchester Yunayted" yuqori darajali hujumchi izlamoqda. "Yuventus" forvardi Dushan Vlaxovichga ham qiziqishlar yo'q emas. Biroq klub aynan Fatini ular xohlaydigan hujumchi ekaniga ishonishmoqda.
4-Fevral 2023,19:45