"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Manchester Yunayted" bilan Evropa ligasi 1/16 finalining ikki o'yinli uchrashuvda ehtimoliy g'olib haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi hamda bo'lajak uchrashuv munosabati bilan bosim hissi haqidagi savolga ham javob berdi. Birinchi o'yin ertaga, 16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:45da boshlanadi.
"Agar yuzaga kelishi mumkin bo'lgan syurprizlarni hisobga olmasangiz, hammasi "Old Trafford"dagi javob o'yinida hal bo'ladi. Tasavvur qilamanki, bu o'yinlarda keskin hisob bo'ladi. Ertaga oz narsa hal qilinadi. Javob o'yini o'z uyimizda bo'lmasligi achinarli, ammo qo'lga kiritganimiz shu. Menimcha, biz yoki "MYu" favorit emas. Ishonchim komilki, ular ham shunday fikrda. Evropa ligasi juda qiyin musobaqa va g'alaba qozonish qiyin.
Klubda qo'shimcha bosim bormi? Siz mendan Superkubokda ham bu haqda so'ragan edingiz va Kubokda yana shunday qildingiz... Bu "Barselona". Biz bunday o'yinlarni ishtiyoq, motivatsiya va muhitning eyforiyasi bilan qabul qilamiz. Lekin shu bilan birga, biz ehtiyotkorlik bilan yondashamiz. Biz klub uchun o'ynash uchun ortiqcha bosimni normal his qilmayapmiz", - dedi Xavi Marca bilan suhbatda.
15-Fevral 2023,23:50
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0