“Barselona” va “Manchester Yunayted” jamoalari Evropa Ligasi 1/8 finaliga o'tish o'yinida o'zaro to'qnash keldi. “Kamp Nou”da o'tgan dastlabki o'yin 2:2 hisobida yakunlandi.Katalonlarning barcha musobaqalar doirasidagi mag'lubiyatsiz seriyasi 17 ta o'yinga etdi. Oxirgi marta “ko'k-anorranglilar” 26 oktyabrda Chempionlar Ligasi doirasida “Bavariya”ga engilgandi (0:3). Shundan keyin Xavi shogirdlari 15 g'alaba va 2 durang qayd etdi. Bu uchrashuvga qadar “Barsa” qatorasiga 11 ta o'yinda g'alaba qozongandi.“Barselona”ning keyingi o'yini “Kadis”ga (19 fevral) qarshi bo'ladi, undan keyin jamoa yana “Manchester Yunayted” (23 fevral) bilan o'ynaydi.“Manchester Yunayted” mag'lubiyatsiz seriyasini 7 ta o'yinga etkazdi. So'nggi bor jamoa 22 yanvarda “Arsenal”ga engilgandi (2:3). Shundan so'ng “qizil iblislar” 5 ta g'alaba va 2 ta durangga erishdi.Mankunianlarning kelasi o'yini “Lester”ga (19 fevral) qarshi bo'ladi, “Barselona” bilan javob bahsi esa 23 fevralda o'tkaziladi.“Manchester Yunayted” evrokuboklar doirasida “Barselona”ga qarshi to'rt o'yindan iborat mag'lubiyatli seriyaga yakun yasadi. Jamoalarning avvalgi to'rtta o'yinida La Liga klubining qo'li baland kelgandi. Umumiy hisobda esa “Barselona”da 6 g'alaba, “Manchester Yunayted”da 3 ta g'alaba bor, yana 5 ta uchrashuv durang bilan yakun topgan.Uchrashuv davomida “Barselona” raqib darvozasi tomon 18 ta zarba yo'lladi: 7 ta aniq zarba, 8 ta noaniq zarba, 3 ta bloklangan zarba. “Manchester Yunayted”da bu ko'rsatkich 17 taga teng: 5 ta aniq, 7 noaniq, 5 bloklangan.Mezbonlar 47 ta hujum tashkil qilgan, inglizlar esa — 37. To'pni nazorat qilish ko'rsatkichi “Barselona” foydasiga — 58:42.“Barselona” Xavi bosh murabbiylikka tayinlangandan keyin Evrokuboklardagi o'yinlarning 27 foizida g'alaba qozondi. Xavi “ko'k-anorranglilar” boshqaruviga 2021 yilning noyabrida kelgan. Uning qo'l ostida jamoa Chempionlar Ligasida 2 g'alaba, 2 durang, 4 mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, Evropa Ligasida 2 g'alaba, 4 durang va 1 mag'lubiyat qayd etgan.Katalon klubi Evrokuboklarda qatorasiga to'rtta o'yinda 2+ gol o'tkazib yubordi. Bunaqasi klub tarixida 1997/98 yilgi mavsumdan keyin ilk bor kuzatildi.
17-Fevral 2023,13:10
O'qildi: 40 - Fikirlar: 0