La Liga rahbari Xaver Tebas "Barselona" atrofidagi hakamlar mojarosi haqida gapirdi.
Avvalroq klub Ispaniya hakamlar qo'mitasi sobiq vitse-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga 2016-2018 yillar davomida 1,4 mln evro to'lagani haqida xabar berilgandi. Klubning aniqlik kiritishicha, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi rasmiysi yosh futbolchilar va hakamlik borasidagi hisobotlari uchun maosh olgan.
O'shanda "Barselona" Negreyraga 2003 yildan beri 4,7 million evro to'lagani ma'lum bo'ldi. Klubdan tushgan to'lovlar uning kompaniyasining 2016-2018 yillardagi aylanmasining 95 foizini tashkil qilgan. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, Negreyra o'yinlar oldidan "Barselona"ga hakamlar hisobotini taqdim etgan.
Tebasning aytishicha, "Barselona" jazolanmaydi, chunki bu kabi qoidabuzarliklar uchun La Liga tomonidan belgilangan da'vo muddati tugagan.
"Barselona" firibgarning qurboni bo'lishi mumkin edi. Men hamma narsani ko'rdim. Men ko'rganman, soxtalashtirishga urinish, klublardan foyda ko'rayotganlar... Bizning yoshimiz katta odamlarmiz. Ko'p yillar... Bu hayratlanarli bo'lardi. Vaziyatni huquqiy sohada tushuntirish kerak. Agar ish sudgacha borsa, biz u erda bo'lamiz.
Agar bunga "Barselona" aralashgan bo'lsa, ular uchun oqibatlari yomon bo'lishi kerak edi. Shu jumladan huquqiy tomondan. Negreyra firibgar. Bu meni ajablantirmasdi. Men hakamlarga ishonaman va ular Negreyra ularning faoliyatiga xalaqit bermaganini aytishmoqda. "Barselona"ning sodda rahbariyati tuzoqqa tushib qoldi. Bu futbolga katta zarar keltiradi", - dedi Tebas.
19-Fevral 2023,16:40
O'qildi: 42 - Fikirlar: 0